Mijozlarning "Risola tourism" to‘g‘risidagi fikrlari:
Mirzaabdullayevlar oilasi
Mirzaabdullayevlar oilasidan:
«Risola» firmasi jamoasiga chuqur minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
Umra safari — inson umridagi eng ulug‘ va unutilmas safarlardan biri. Ana shu muborak yo‘lda barcha tashkiliy ishlar, xizmat sifati va xotirjamlik yuksak darajada ta’minlangani uchun sizlarga samimiy rahmat aytamiz.
Ayniqsa, ellikboshi Azizbekning mas’uliyatli, g‘amxo‘r va hamisha yechim topib bera oladigan rahbar sifatidagi faoliyatini alohida ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Safar davomida har bir ziyoratchining holidan xabar olib, barchani bir oiladek jipslashtirgani safarimiz barakali va xotirjam o‘tishiga katta hissa qo‘shdi.
«Risola» firmasi jamoasi bilan ellikboshi Azizbekning o‘zaro hamjihatlikdagi mehnati tufayli biz ibodatga to‘liq berilish imkoniga ega bo‘ldik. Bu esa har qanday xizmatdan ham ulug‘dir.
Alloh taolo qilgan mehnatlaringizni qabul qilsin, firmangizga baraka, jamoangizga muvaffaqiyat ato etsin. Yana ko‘plab ziyoratchilarga shu kabi munosib va barakali safarlar nasib etsin.