ME'YORIY HUJJATLAR
"Umra" tadbirlarini tashkil etish
va o‘zkazish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish uchun
LITSENZIYA
O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2024-yil
21-noyabrdagi UT 0008-sonli litsenziyasi asosida Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etilgan. Ushbu litsenziya muqaddas ziyorat safarlarini tashkil etish jarayonida belgilangan tartib
va qoidalarga qat’iy amal qilinishini hamda ziyoratchilarning huquq
va manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
“RISOLA TRAVEL LUX” mas’uliyati cheklangan jamiyatining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi GUVOHNOMA
Mazkur guvohnomaning mavjudligi jamiyatning qonuniy asosda tashkil etilganini, soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tganini hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish huquqiga ega ekanini tasdiqlaydi. Bu hujjat mijozlar, hamkor tashkilotlar va davlat organlari bilan rasmiy munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi.
Turistik faoliyatni
amalga oshirish uchun
LITSENZIYA
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 9-oktabrdagi 431622-sonli litsenziyasi asosida turistik faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega. Mazkur litsenziya jamiyatning turizm xizmatlarini ko‘rsatish uchun davlat tomonidan belgilangan talab va standartlarga to‘liq javob berishini tasdiqlaydi.

Fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi

Mazkur sug‘urta polisi jamiyat faoliyati jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fuqarolik javobgarligi bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni qoplashga xizmat qiladi. Bu esa mijozlar va hamkorlar uchun qo‘shimcha moliyaviy himoya va ishonch kafolatidir.
Made on
Tilda